1. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu Maxfiylik siyosati va ommaviy oferta (keyingi o‘rinlarda — Siyosat) jismoniy shaxslarning (keyingi o‘rinlarda — Buyurtmachi) shaxsga doir ma’lumotlarini "TEZPUL ONLINE" MCHJ (keyingi o‘rinlarda — Ijrochi, TEZPUL) servislaridan, jumladan veb-saytlar, mobil ilovalar va boshqa raqamli mahsulotlardan foydalanishdagi qayta ishlash va himoya qilish tartibini belgilaydi. Siyosat O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-547-sonli «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq tuzilgan bo‘lib, персональных Buyurtmachi haqida olishi mumkin bo‘lgan barcha shaxsga doir ma’lumotlarga, shu jumladan identifikatsiya qilish uchun MyID servisidan foydalanilganda olingan ma’lumotlarga и nisbatan amal qiladi.
1.2. TEZPUL servislaridan foydalanish, jumladan MyID bilan integratsiyani amalga oshirish, Buyurtmachining ushbu Siyosatga so‘zsiz roziligini anglatadi. Agar Buyurtmachi shartlarga rozi bo‘lmasa, u servislardan foydalanishdan tiyilishi shart.
2. TEZPUL ma’lumotlarining tarkibi va manbalari
2.1. TEZPUL обрабатывает следующие категории персональных данных Заказчика:
2.1.1. Buyurtmachi tomonidan ro‘yxatdan o‘tish va servislardan foydalanish jarayonida mustaqil ravishda taqdim etiladigan ma’lumotlar:- pasport yoki ID-karta seriyasi va raqami;
- tug‘ilgan sanasi;
- Mobil telefon raqami
- raqamli fotoportret;
- jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);
- pasport yoki ID-karta seriyasi va raqami;
- tug‘ilgan sanasi;
- pasport yoki ID-karta berilgan sanasi va amal qilish muddatining tugashi;
- davlat tilidagi familiyasi, ismi va otasining ismi (lotin alifbosida);
- ingliz tilidagi familiyasi va ismi;
- jinsi;
- pasport yoki ID-karta berilgan joyi;
- hayot darajasi (statusi);
- tug‘ilgan mamlakati va joyi;
- millati;
- fuqaroligi;
- doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzili;
- soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR)
- Mobil qurilma haqidagi ma’lumotlar (modeli, OT versiyasi, takrorlanmas identifikatorlar, mobil tarmoq ma’lumotlari);
- Buyurtmachining xizmatlardan foydalanishdagi harakatlari haqida ma’lumot (o‘rnatish va o‘chirish, o‘tilgan resurs manzili, identifikatsiya va autentifikatsiya harakatlarining turi hamda holati, operatsiyalar sanasi va vaqti, xizmatlardan foydalanish bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar).
2.2. Buyurtmachi mazkur Siyosatni tasdiqlagan taqdirda, TEZPUL Buyurtmachining shaxsiy ma’lumotlarini tashqi axborot tizimlariga (veb-saytlar, ilovalar va h.k.) uzatish huquqiga ega.
2.3. Barcha ko‘rsatilgan ma’lumotlar mutlaqo avtomatik rejimda qayta ishlanadi.
3. Identifikatsiya va avtorizatsiya qilish uchun MyID xizmatidan foydalanish.
3.1. Buyurtmachini autentifikatsiya va identifikatsiya qilish maqsadida, TEZPUL MyID xizmati (LLC "Single Integrator for the Creation and Support of State Information Systems UZINFOCOM"). Shu bilan birga, TEZPUL Buyurtmachining 2.1.2-bandida ko‘rsatilgan shaxsiy ma’lumotlarini faqatgina himoyalangan aloqa kanallari orqali qabul qiladi hamda ulardan o‘z xizmatlari va integratsiya qilingan tashqi axborot resurslariga kirish imkonini berish uchun foydalanadi.
3.2. MyID orqali ma’lumotlarni qayta ishlash va uzatishning barcha jarayonlari mazkur Siyosatga, TEZPUL Foydalanuvchi shartnomasi shartlariga hamda MyID xizmatining maxfiylik siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash maqsadlari va asoslari
4.1. TEZPUL Buyurtmachining shaxsiy maʼlumotlarini quyidagi maqsadlarda qayta ishlaydi:
- Buyurtmachini identifikatsiya va autentifikatsiya qilish;
- TEZPUL servislaridan hamda tashqi axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash va xizmatlar ko‘rsatish (shu jumladan Foydalanuvchi shartnomasi asosida);
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini bajarish;
- xavfsizlikni ta’minlash va firibgarlikning oldini olish;
- xizmatlar sifati va qulayligini oshirish, shuningdek, ularni shaxsiylashtirish;
- egasizlantirilgan asosda tahliliy, statistik va boshqa tadqiqotlar o‘tkazish;
- kredit skoringini amalga oshirish, shu jumladan infokredit.uz kredit byurosining maxfiylik siyosatiga muvofiq kredit byurosi servis va standartlaridan foydalangan holda;
- shaxsga doir ma’lumotlardan marketing maqsadlarida foydalanish, shu jumladan axborot va reklama xabarlari, shaxsiy takliflar, TEZPUL va (yoki) hamkorlarning yangi mahsulot hamda xizmatlari to‘g‘risidagi bildirishnomalarni yuborish uchun;
4.2. Skoring o‘tkazilgandan so‘ng TEZPUL (Ijrochi) Buyurtmachining shaxsga doir ma’lumotlarini kredit taqdim etish imkoniyatini dastlabki o‘rganish va qaror qabul qilish uchun bankga, mikromoliya tashkilotiga, lombardga yoki lizing tashkilotiga (kredit tashkilotlariga) uzatishga haqli.
4.3. TEZPUL shaxsga doir ma’lumotlarga belgilangan maqsadlar va qonunchilik talablaridan kelib chiqadigan zarur hajm va muddatlardan ortiqcha ishlov bermaydi.
5. Shaxsga doir ma’lumotlarni uzatish va ularga ishlov berish shartlari
5.1. TEZPUL shaxsga doir ma’lumotlarga faqat Buyurtmachining roziligi bo‘lganda ishlov beradi, qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno.
5.2. Buyurtmachining roziligisiz xizmatlardan foydalanish imkonsiz.
5.3. Ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga uzatish faqat quyidagi hollarda mumkin:
- Buyurtmachi bilan kelishilgan holda va uning roziligi bilan;
- foydalanish imkoniyatini taqdim etish yoki autentifikatsiya maqomini tasdiqlash uchun tashqi integratsiyalashgan axborot resursiga;
- qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘zda tutilgan hollarda yoki sud qarori bilan.
- skoring o‘tkazilgandan so‘ng — bankka, mikromoliya tashkilotiga, lombardga yoki lizing tashkilotiga.
5.4. Tashqi axborot resursiga uzatishdan oldin Buyurtmachiga quyidagilar ma’lum qilinadi: resurs nomi, resurs egasi, uzatiladigan ma’lumotlar ro‘yxati.
5.5. Buyurtmachi resursni ro‘yxatdan chiqarib tashlash huquqiga ega; bunday holda keyingi murojaatda qayta rozilik talab qilinadi.
5.6. Buyurtmachi shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish uchun berilgan roziligini istalgan vaqtda bekor qilish huquqiga ega.
6. Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish va saqlash
6.1. TEZPUL shaxsga doir ma’lumotlarni ruxsatsiz kirish, o‘zgartirish, yo‘q qilish, bloklash, nusxa ko‘chirish, tarqatish, shuningdek, boshqa g‘ayriqonuniy harakatlardan himoya qilish uchun zarur bo‘lgan huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni ko‘radi.
6.2. Shaxsga doir ma’lumotlarni saqlash ishlov berish maqsadlari yoki qonunchilik normalari talab qilgan muddatdan ortiq amalga oshirilmaydi.
7. Siyosatga o‘zgartirishlar kiritish
7.1. TEZPUL ushbu Siyosatga Buyurtmachining roziligisiz o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.
7.2. Barcha o‘zgartirishlar TEZPUL servislarida joylashtiriladi va e’lon qilingan paytdan boshlab uch kun o‘tgach kuchga kiradi. Oldingi tahrir o‘zgartirishlar kuchga kirgan paytdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotadi.
7.3. O‘zgartirilgan Siyosatga rozi bo‘lmagan taqdirda, Buyurtmachi TEZPUL servislaridan foydalanishni to‘xtatishi shart.