Oddiy so‘z bilan aytganda, skoring – bu kredit tashkilotlariga kredit olish uchun ariza topshirayotgan shaxsning to‘lov intizomini bashorat qilishda yordam beruvchi reyting tizimi.
Ya’ni, ushbu “ixtiro” tufayli siz odamning kredit qarzini qanday ehtimollik bilan qaytarishini va unga pul berish to’g’ri yoki noto’g’riligini osongina bilib olishingiz mumkin.
Kreditorlar nazarida o’z ballingizni qanday oshirish mumkin?
Buning uchun, birinchi navbatda, kreditlaringizni ehtiyotkorlik bilan to’lashingiz kerak. Kechikishlar kredit tarixini buzadi va u skoring ballini hisoblashda eng katta ahamiyatga ega.
Kredit tarix holatini, garchi har doim o’z vaqtida to’lovlarni amalga oshirsangiz ham, muntazam tekshirib turish kerak. Shunday qilib, barcha ma’lumotlar to’g’ri ko’rsatilganiga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Ba’zida banklar kredit byurolariga qarz to’langanligi haqida ma’lumot yuborishni unutishadi va kredit tarixida kechikish paydo bo’ladi.